Payg‘ambarlar qizlarning otalari bo‘lgan

30.05.2024 10:34
eye icon122
Payg‘ambarlar qizlarning otalari bo‘lgan
Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahullohga birorta birodari qiz farzandli boʻlgani haqida xabar kelsa: Unga aytinglar, paygʻambarlar qizlarning otalari boʻlganlar, der edilar.

Kishining garchi yuzta oʻgʻli boʻlsada, to qiz farzand koʻrmagunicha befarzand hisoblanadi (Arab maqoli).

Amr ibn Os raziyallohu anhu Muoviya raziyallohu anhuning huzuriga Oisha ismli qizchasi bilan kirdi. Muoviya: Bu kim? – dedi. Shunda Amr: Bu qalbimning mevasi. Allohga qasamki, hech kim bemor boʻlganingda parvarish qilishda, oʻlganingda ortingdan yaxshiliklar bilan eslashda, maxzun vaqtingda yupatishda qizlarchalik boʻlmaydi, dedi.

Otalarning oʻz qizlariga boʻlgan muhabbatlarini taʼriflashda Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oʻz qizlari Fotima raziyallohu anho haqida aytgan gaplaridan goʻzalrogʻi yoʻq: “U mening bir boʻlagimdir. Uni shubhalantirgan narsa meni shubhalantiradi, unga ozor bergan narsa menga ozor beradi”.

Agar Yusuf alayhissalomning akalari qatorida birorta opa-singlisi boʻlganida edi, uni himoya qilgan boʻlar edi. Yusufni quduqning qaʼriga emas, qalbining toʻriga joylagan boʻlar edi. Lekin Allohning hikmati va taqdir gʻolib ekan.

Agar Yusufning akalari qatorida bitta boʻlsa ham singlisi yoki opasi boʻlganida edi, huddi Musoning opasi uni onasining bagʻriga qaytarish uchun ketidan izlab borganidek, Yusufni ham izlab borar edi.
Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar: “Qizlarni yomon koʻrmanglar. Ular bebaho munisalardir”. 

Homidjon domla Ishmatbekov

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img