Bolalar va o‘smirlarda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar ko‘paymoqda

25.05.2024 12:14
eye icon102
Bolalar va o‘smirlarda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar ko‘paymoqda

Toshkentda “Oftalmologiyada innovatsion texnologiyalar” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Anjuman Oʻzbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Shifokorlar assotsiatsiyasi koʻmagida tashkil etildi.


Oʻzbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi raisi Zulfiya Maqsudova xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida tibbiyotning muhim yoʻnalishi hisoblangan, zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va shunga mos ravishda inson, ayniqsa, bolalar va oʻsmirlar koʻziga yuklanishning keskin ortishi tufayli talab ortib borayotgan oftalmologiya sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi.


Anjumanda mamlakatda oftalmologiyani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, 2020-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi faoliyati yoritib berildi. Assotsiatsiya uch yildan sal koʻproq vaqt davomida ishlashiga qaramasdan sezilarli natijalarga erishdi. Xususan, 500 dan ortiq mutaxassislar ishtirokida xalqaro vebinar oʻtkazildi, Amerikaning mashhur “Lions Ee Institute” transplantatsiya markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Davlat organlariga maslahat yordami koʻrsatilmoqda, bolalar uchun profilaktika dasturlari amalga oshirilmoqda hamda optometrist hamshiralar malakasini oshirish tashkil etildi.


Xalqaro konferensiya dasturidan yalpi majlislar va seksiya muhokamalari oʻrin olgan boʻlib, ularda oftalmologik yordamni tashkil etish masalalari, glaukoma, koʻzning oldingi segmenti, koʻz gavhari va orqa segment patologiyasini davolashda yangi texnologiyalar, shuningdek, oftalmologik diagnostikada innovatsion yechimlar, shu jumladan refraksiya anomaliyalarini tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv masalalari koʻrib chiqildi.


Unda tegishli davlat idoralari, Oʻzbekiston davlat va xususiy klinikalarining vakillari, shuningdek, Belarus, Buyuk Britaniya, Qozogʻiston, Italiya, Ispaniya, AQSH, Turkmaniston, Shveysariya, Rossiyadan kelgan oftalmologlar ishtirok etdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img