Malaka test sinovlarida eng yuqori ball olgan pedagoglar reytingi aniqlandi

24.05.2024 17:41
eye icon191
Malaka test sinovlarida eng yuqori ball olgan pedagoglar reytingi aniqlandi
2024-yil 24-may kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka (test) sinovlaridan oʻtkazish yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun vazirlik tomonidan malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirildi hamda inson omilisiz oʻtkaziladigan yangi tizim joriy qilindi.

Malaka sinov jarayonlari mamlakatimiz miqyosida 2024-yil 15-aprel kuni boshlandi hamda may oyinish 20 kuniga qadar davom etdi. Sinovlarda qatnashishi rejalashtirilgan 198446 nafar pedagogning:
  • 189 929 nafari yoki 95,71 foizi ishtirok etdi;
  • 10 837 nafar yoki umumiy nomzod pedagoglarning 5,54 foizi malaka (test) sinovida turli sabablar bilan ishtirok etmadi;
  • 120 nafar pedagog oʻrnatilgan tartib-qoidalarni buzganligi sababli sinov jarayonlaridan chetlashtirildi hamda bu haqida oʻrnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Talabgor pedagoglar umumiy hisobda 41 ta, jumladan, Informatika va axborot texnologiyalari, Boshlangʻich taʼlim, Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyoti, Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya (qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi ugil bolalar uchun), Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Rus tili va adabiyoti (rus). Rus tili (milliy maktablarda), Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tajik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili, Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlari pedogoglari hamda maktabgacha taʼlim muassasalari (tarbiyachi, psixolog, tarbiyachi-metodist, Ukituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari i) xodimlari ishtirok etdi. Malaka (test) sinovlarida oʻrtacha ball natijalari boʻyicha Buxoro (62,53), Xorazm (60,5) viloyatlari hamda Toshkent shahri (60,15) pe pedagoglari eng yuqori ball koʻrsatkichlariga erishdi.

Test sinovlarini oʻtkazish jarayonida hech qanday koʻngilsiz hodisalar roʻy bermadi.

Malaka (test) sinovlari respublikadagi maxsus tayyorlangan 13 ta obyektda 4 smenada oʻtkazildi. Test jarayonlarining xavfsiz va shaffof oʻtishini taʼminlash, jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash uchun Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar tizimi xodimlari jalb etildi.

Attestatsiya natijalariga koʻra pedagog kadrlarning 8913 nafari (4,7 foiz) oliy toifa, 25261 nafari (13,3 foiz) birinchi toifa, 46 662 nafari (24,6 foiz) ikkinchi toifa va 11036 nafari (5,8 foiz) mutaxassis toifasiga ega boʻlishdi. Shuningdek, 14 032 nafar (7,4 foiz) pedagog mutaxassis lavozimi uchun yetarli ball toʻplay olmagan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img