«Farzandlarimni yolg‘onga o‘rgatishni istamayman»

24.05.2024 11:04
eye icon35
«Farzandlarimni yolg‘onga o‘rgatishni istamayman»
Bir erkak farzandlarini istirohat bog‘iga olib bordi. Chipta olish uchun kassa oldiga kelib, narxni surishtirdi.
– Olti yoshdan kattalar uchun besh ming so‘m, olti yoshdan kichiklarga bepul. Sizga nechta chipta beray?
Kichik farzandim uch yosh, kattasi yetti yoshda. Demak, ikkita chipta olamiz, – deya erkak kassirga o‘n ming so‘m uzatdi.

Chiptachi hazilomuz dedi:
– Aka, agar to‘ng‘ich farzandingizni olti yoshda desangiz, men bunga ishongan va pulni tejab qolgan bo‘lardingiz-ku? Bunaqa holat bo‘lib turadi, olti yoshmi yo yetti yoshmi, farqlash qiyin…
– To‘g‘ri, siz payqamasdingiz. Lekin Alloh ko‘rib-bilib turibdi. Bizni kuzatib, gaplarimizni eshitib turgan farzandlarimchi? Arzimas pulni deb farzandlarimni yolg‘onga o‘rgatishni istamayman.

Farzandlarimizga faqat so‘zda emas, amalda ham tarbiya bersak, mukammal natijaga erishamiz.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img