Qo'rquv tushunchasi insoniyat uchun yaxshi tanish hodisadir. Ayrim holatlarda katta yoshdagi kishilarda ham qandaydir vaziyat yoki omilga nisbatan qo'rquv borligini hisobga olsak, yosh bolalarda qo'rquvning mavjudligi tabiiy hol sifatida qabul qilinishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda bolalarni ular qo'rqadigan narsa va voqeliklardan uzoq tutish lozim. Buning uchun esa odatda bola nimadan qo'rqishi mumkinligini bilib olish zarar qilmaydi. Quyida 0-18 yoshli bolalarda asosan qanday qo'rquv turlari qachon avj olishi haqida ma'lumot beramiz.
0-6 oylikda — baland tovushdan;
6-9 oylikda — begona odamlardan;
9-12 oylikda — jarohatlardan, kimdandir ayrilishdan;
2 yoshlikda. O'g'rirlab ketishlaridan, o'limdan.
3 yoshda — hayvonlardan, yolg'iz qolishdan;
4 yoshda — qorong'ulikdan;
6-12 yoshda — maktab, jarohatlar, kasalliklar, ijtimoiy aloqalar, momaqaldiroqdan;
13-18 yoshda — kasalliklar, boshqalar bilan munosabat, ruhiy jarohatlardan;
18 yoshdan keyin — turli kasalliklar va jinsiy etuklikdan qo'rqish holatlari kuzatiladi.