Andijonda bolani urgan tarbiyachi ishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

23.05.2024 08:40
eye icon109
Andijonda bolani urgan tarbiyachi ishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Avvalroq, tengdoshi bilan janjallashgan bolani urgan tarbiyachining videosi tarqalgan edi. Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu holatga munosabat bildirdi.

Mazkur holat 18-may kuni Andijon shahridagi nodavlat taʼlim muassasasida sodir boʻlgan. Videoyozuvdagi tasvirlarda xonadagi 5 yoshli bola boshqa bir bolani urgani koʻrinadi. Soʻng tarbiyachi kelib, kaltak yegan bolaga oʻsha bolani urishini aytib, urdiradi. Keyin esa xodimning oʻzi bolaning yuziga tarsaki tushirib, xonadan siltab olib chiqib ketadi.

Bolalar ombudsmani holatni oʻrganganida tarbiyachidan kaltak yegan bolaning otasi 20-may kuni Andijon viloyati IIBga ayni holat boʻyicha arz qilganini aniqladi.

Keltirilishicha, xozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati MMTB holatni nazoratga olgani, oʻrganish ishlari boshlanganini maʼlum qildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img