Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizaloqning qo‘llari tishlangan va ko‘kargani aks etgan video tarqaldi.
Bolaning onasi holat Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yulduzcha” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganini aytgan. U bolasining holatidan shikoyat qilib, IIBga murojaat qilgan.
Ammo bog‘cha rahbariyati buni tan olmagan. Muassasa mas’ullari qizaloq bu bog‘chada tarbiyalanmasligini, u ro‘yxatda yo‘qligini bildirgan. Biroq ona qizi 2 oydan beri shu bog‘chaga borishini, tarbiyachilarning hammasini tanishini aytmoqda.
Qizig‘i shundaki, dastlab tarbiyachi onaga farzandini 2 yoshli boshqa bir bola tishlaganini aytgan. Lekin IIB ishga aralashganidan so‘ng, qizcha bu bog‘chada ro‘yxatda turmasligi ta’kidlangan.
Holatni o'z nazoratiga olgan Bolalar ombudsmani esa quyidagilarni aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20-may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh.(2021-yilda tug‘ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022-yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan