8 egizakni dunyoga keltirgan ona – qahramonmi yoki piarchi?

22.05.2024 10:24
eye icon169
8 egizakni dunyoga keltirgan ona – qahramonmi yoki piarchi?
2009-yil 26-yanvar kuni AQSHda bir vaqtning o'zida 8 farzand tug'iladi. 34 yoshli Nadya Sulaymon 6 o'g'il va 2 qizni dunyoga keltirdi. Bungacha esa onaning 4 o'g'il va ikki qizi bor edi. 8 egizak tug'ilganidan so'ng Nadyaning farzandlari soni 14 nafarga yetdi – 10 o'g'il, 4 qiz.

To'ng'ich farzand 2001-yilda tug'ilgan, kenjalar esa 1 emas, 8 nafar. E'tiborli jihati Nadyaning barcha farzandlari EKO ya'ni sun'iy urug'lantirish orqali dunyoga kelgan.

Matboutda Nadya Sulaymonni "Octomom" deyishadi. Lotinchada "octo" sakkiz degani. Demak, octomom'ni sakkiz farzandning onasi deb tushunish mumkin.

Ko'pchilikning fikricha, Nadya bu orqali mashhurlikka erishmoqchi bo'lgan. O'zbek mentalitetiga bu qanchalik mos tushadi, bilmadik-ku, lekin Nadyani EKO qilgan, ya'ni sun'iy urug'lantirgan shifokor unga 12 ta embrionni joylashtirgan. Natijada ushbu shifokor litsenziyasidan umrbod mahrum qilindi. Chunki onaning o'zi qanchalik ko'p farzand ko'rishni istasa va bunga tayyor bo'lsa ham, birdaniga 8 egizakni dunyoga keltirish juda katta muammoli holat. Chunki bunga qadar 8talik farzand tug'ilgan, lekin ularning hammasi yo tug'ilish jarayonida yoki biroz yashaganidan so'ng halok bo'lgan. Umuman olganda Nadyaning egizaklari sog'-salomat voyaga yetgan ilk sakkizlikdir.

Octomom – Nadya Sulaymon bu egizaklarni mashhurlik uchun dunyoga keltirganmi yoki boshqami, nima bo'lgan taqdirda ham asosiysi ular sog'lom holda voyaga yetishdi. Bu esa hammasidan muhim.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img