O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz dunyoning eng yosh olimasi bo‘ldi

20.05.2024 10:17
eye icon135
O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz dunyoning eng yosh olimasi bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli Ozodaxon Mo‘minova dunyo reytingidagi TOP-1 universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda.

Hozirda maktabning 11-sinfini tamomlayotgan Ozodaxon "Swift Launch" Biznes Inkubatsion va Akselleratsion Dasturida Loyiha Rahbari bo‘lib faoiyat olib boradi. Bundan avval 2 ta chet el kompaniyasida masofadan turib «Loyiha Menejeri» bo‘lishga ham ulgurgan. 

Ozodaxon IT Park tomonidan o‘tkazilgan xakatonlarda faol ishtirok etib kelgan. 2022 yilda esa xalqaro "The New York Academy of Sciences" xakatonida turli davlatlardan yig‘ilgan jamoasi bilan  "Idea Creation"  yo‘nalishidan birinchi o‘rinni olib, ilk 5000 AQSh dollar investitsiyasini qo‘lga kiritgan.

Ozodaxon jamoasi bilan birinchi olgan investitsiyasini ekologiya muhofazasi bo‘yicha yaratgan loyihasini Hindistondagi Laboratoriyada sinab, Massachusetts Institute of Technology (MIT)  va boshqa dunyo bo‘yicha «TOP 10»ga kiruvchi xalqaro universtitetlarning oliy toifali olimlaridan darslar olishga va laboratoriya uchun ba'zi kerakli narsalarni xarid qilishga sarflagan. Hozirda Ozodaxon ushbu izlanishlarni yanada shaffof bo‘lishi uchun Buyuk Britaniyadagi Kembrij olimlariga ham murojaat qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va O‘rta Osiyodan birinchi bo‘lib Global Citizen Year Xalqaro top 100 talikka kiruvchi dasturida qatnashgan va Misrdagi Global Justice Sammiti uchun 100 foiz grant 7000 AQSh dollar sohibasi bo‘lgan.

Ozodaxon 2023 yilda Moskva Shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo mashtabidagi «Osiyo Olimlari Kolba» da O‘zbekiston nomidan qatnashgan va «Chegarasiz Fan» yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan. Hozirda Ozodaxon "Women in Nuclear"ning Dunyo bo‘yicha eng yosh olimasi bo‘lib, dasturning «O‘zbekistondagi Elchisi» bo‘lib faoliyat olib boradi.

Shuningdek Ozodaxon o‘tgan yil UNDP hamkorligidagi bo‘lib o‘tgan "Startupweyekend Women Edition" xakatonda 3-o‘rinni egallab, loyihasi orqali Amerikadagi "Uzbek Diaspora" jamoasi bilan ishlagan.

Bundan tashqari u "Google" kompaniyasi "Google Community"sining “Google Developers Tashkent" jamoasi a'zosi bo‘lib "Women TechMakers" elchisi sifatida bugun qizlarni IT'ga kirib kelishiga yordam berib kelmoqda.

Ozodaxon, 20 dan ortiq xakatonlar va dasturlarda asosiy tashkilotchilardan bo‘lib, turli xil xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatib kelmoqda.

IT sohasiga qiziqish Ozodada 15 yoshdan boshlagan, dastlab IT Parkda turli xil event va dasturlarda volontyorlik qilgan.  WeProject.media  jurnaliga ham u shu haqida intervyu bergan.

«Frontend yo‘nalishida 1 yil o‘qib, loyihalarda masofadan ishlashni boshladim. Bundan tashqari Agile va Scrum bo‘yicha ta'lim oldim. Bu bilimlarim menga chet eldagi 2 ta kompaniyada masofadan turib 2 yil mobaynida ishlab ko‘rishda yordam berdi. Bugun IT hayot tarzimga aylangan. Bugun yo‘lini topishda qiynalayotgan qizlarga hech ikkilanmay shu sohada o‘qishni maslahat beraman. Sababi AyTi aynan qizlar uchun keng imkoniyatlarga ega soha», — deydi u.

Yaqinda Ozodaning Moskva shahrida bergan intervyusi «Perspektiva Pokolenie poiska», «Moskovskiy Vestnik» nashrlarida chop etilgan.

Ozodaxon bu yil maktabni tamomlab Stanford universitetiga o‘qishga kirishni maqsad qilgan.

Orzusi haqida so‘raganimizda, Ozodaxon dunyodagi eng top olimlar safidan joy olib, fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilishni, shuningdek, Vatani Bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarishni niyati borligini aytdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img