Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Omandara mahallasi, Chunqaymish qishlogʻida 16-may kuni soat 17:30 larda besh yashar Mardon Rasulov tok urishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.
Taʼkidlanishicha, bolakay yer sathidan 1 metr 50 santimetr balandlikda ochiq alyuminiydan yasalgan elektr sim oʻtkazgichni ushlab olgan.
“Fojia sodir boʻlgan kunda Nurobod tuman prokuraturasi tergovchisi voqea joyini oʻrganib ketgan va elektr tarmoqlari xodimlari ushbu elektr simini tarmoqdan uzib tashlashgan”, – deyiladi Telegram kanallarda tarqalgan xabarda.