Avvalroq Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida o‘smir yigit tengdoshini samosud qilgani, jabrlangan bolaning onasi tahririyatimizga murojaat yo‘llagani haqida
video e'lon qilgan edik.
Ushbu holatni o‘z nazoratiga olgan Bolalar ombudsmani Bolalarolami.uz'ga quyidagilarni ma'lum qildi.
"Joriy yilning 13-mart kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi voyaga yetmagan O.O. (2007-yilda tug‘ilgan) hamqishlog'i M.S. (2007-yilda tug‘ilgan) bilan birgalikda oldin o‘qigan G‘ijduvon tuman 34-maktabga sinfdoshlarini ko‘rishga borishgan. Maktabdan chiqib, uyga ketayotganlarida bolalar o‘rtasida oldin mavjud bo‘lgan kelishmovchilikni xal qilish uchun G‘ijduvon tumanida joylashgan suv uchun mo‘ljallangan minor oldiga borib, suv minorga chiqib ichiga tushishgan.
So‘ng, M.S. O.O. ni temir idish ichiga qoldirib, uni video tasvirga olganligini va o‘rtog‘lariga tarqatganligini, bo‘lgan voqealarni voyaga yetmagan O.O. onasi P.M. ga 2024-yil 14-mart kuni aytib berib, videotasvirni ko‘rsatganligini, shundan keyin fuqaro P.M. Buxoro viloyati IIBga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O. ni o‘rtog‘i urib, xaqorat qilganligini ma'lum qilgan", – deyiladi Bolalar ombudsmani axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan 14-mart kuni G‘ijduvon tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, fuqaro H.Sh. ga nisbatan voyaga yetmagan farzandi M.S. ni ma'muriy huqubuzarlik sodir qilishiga imkon yaratib berganligi hamda tarbiyasiga e'tiborsizlik qilganligi uchun MJtKning 47-moddasi 1-qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.