O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi

19.05.2024 11:00
eye icon62
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi
Statistika agentligi O‘zbekiston aholisining yanvar–mart oylaridagi demografik holati bo‘yicha maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, respublikada uch oy davomida 205 700 chaqaloq (2023-yil mos davridan 4,3 foiz kam) tirik tug‘ilgan.

Chaqaloqlar 83,2 foizining otalari 25–39 yosh, 7 foiziniki 25 yoshgacha, 9,8 foizida 40 va undan katta yoshlarda bo‘lgan. Tug‘ilganlar 35,9 foizining onalari 25 yoshgacha, 62,7 foiziniki 25–39 yosh, 1,4 foizida 40 va undan katta yoshlarda ekani qayd etilgan.

Tug‘ilganlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyati (24 075 nafar), eng kam ulushi Sirdaryo viloyati (5 066 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar bo‘yicha tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida, eng kami Buxoro viloyatida qayd etilgan. Nikohlar sonidagi kamayish tendensiyasi

Respublikada 2024-yil yanvar–mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 48 600 mingtani tashkil etgan. Bu raqamlar o‘tgan yilning mos davridagidan 900 taga kam.

Mamlakatda tuzilayotgan rasmiy nikohlar soni 2023-yildan boshlab kamayishda davom etmoqda. Xususan, 2023-yil I chorakda 49 500 ta nikoh qayd etilgan. Undan avvalgi 2022-yil yanvar–mart oylarida 57 900 ta, 2021-yilning mos davrida 59 900 ta nikoh tuzilgan.

Joriy yil I chorakda qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarniki 28,2 yoshni tashkil etgan. Tuzilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan.

Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Qashqadaryo (5 542 ta) va Samarqand (5 190 ta) viloyatlari, eng kam ulushi esa Sirdaryo (1071) hamda Navoiy (1 064) viloyatlarida qayd etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2022-yilda mamlakatda 296 700 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 12 900 taga qisqargan va 283 800 tani tashkil etgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img