Chaqaloqning odatdagidan kam uxlashiga sabab nima?

18.05.2024 11:47
eye icon238
Chaqaloqning odatdagidan kam uxlashiga sabab nima?
Meʼyordagidan kam uyqu asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi. Masalan, homiladorlikning oxirgi davri yoki tugʻuruq paytida ona salomatligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelsa yoki infeksiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tugʻuruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.

Odatda yangi goʻdak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan boʻlsa, bu ham meʼyor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishidir. Shuningdek, 5-9 oylik bolalar oʻrtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt oʻtgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda koʻproq orom oladi. 

Bilish lozimki, uyqu vaqtida goʻdakning qoniga somatotropin gormonining 90 foizi ajralib chiqadi. U chaqaloqning jismoniy rivojlanishini taʼminlaydi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img