O‘gay onaning zulmiga chiday olmagan bola uyidan qochib ketdi

17.05.2024 15:07
eye icon73
O‘gay onaning zulmiga chiday olmagan bola uyidan qochib ketdi
Toshkentda o‘gay onasining doimiy qiynoq va zulmiga chiday olmay, uyidan qochib ketgan bolaga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan so‘ng otasining qaramog‘ida bo‘lgan. Biroz muddat o‘tganidan so‘ng uning onasi boshqa turmush qurib Turkiyaga jo‘nab ketgan. Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. O‘gay ona tomonidan voyaga etmagan B.I. ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolani o‘z uyidan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.

B.Ining qarovsiz qolishi natijasida uning ta'lim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketganligi aniqlandi. Bu holat yuzasidan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga etmagan B.I. tahsil olayotgan maktab ma'muriyati xabar topib, bola «Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi»ga joylashtirilgan.

Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli mas'ullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img