Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga koʻra, homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin, ayol xodimning xohishiga koʻra, unga bolasi 2 yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, ushbu davr uchun belgilanadigan tartibda nafaqa toʻlanadi.
Mehnat kodeksining 405-moddasiga koʻra, ayolning xohishiga koʻra, bolasi 3 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtil ham beriladi.
Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning koʻpi bilan 6 yili mehnat stajiga qoʻshiladi, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshib hisoblanadi.