Konsert chiptalari o‘qituvchilarga majburan sotilyaptimi?

16.05.2024 17:14
eye icon41
Konsert chiptalari o‘qituvchilarga majburan sotilyaptimi?
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan gala-konsert chiptalari o‘qituvchilarga majburiy tarzda sotilayotgani haqida xabar berildi. Bu haqda shikoyat qilgan fuqaroning yozishicha, «mas'ullar o‘qituvchilar cho‘ntagiga ko‘z tikishni bas qilmayapti». 

"Nimaga Mustaqillik bayramiga, Navro‘z hamda 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuniga atalgan bayramlarga yoki biror xalq artistining konsertiga emas?” — deydi yosh xonandalar konsertiga bilet sotilayotganidan shikoyat qilgan murojaatchi. 

Konsert tashkilotchisi bo‘lgan tadbirkor Dilmurod Matmusaev chiptalarning majburan sotilayotganini rad etdi. 

«Bilet majburlab sotilyapti, deyishgani yolg‘on. Biz kerak bo‘lsa, ayrim maktablarga tekin bilet tarqatdik ham. Qolganlariga esa, shunchaki tavsiya qilyapmiz, kim istasa olsin, istamasa yo‘q», — deydi konsert tashkilotchisi. 

Gilam yuvish xizmati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot homiyligida tashkillashtirilayotgan konsertda taklifnoma olgan har bir mehmonga aynan shu tashkilot xizmatidan foydalanish uchun 50 ming so‘mlik vaucher ham berilmoqda. 

«Har bir mehmonga chiptaga qo‘shib, 50 ming so‘mlik vaucher ham berilyapti. Aslida, o‘sha vaucher hisobiga chipta puli bepulga tushadi. Shunga qaramasdan, biz shunchaki taklif beryapmiz. Hech kimni majburlamadik», — deydi Dilmurod Matmusaev. 

Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov mazkur ma'lumotni tekshirish maqsadida tumandagi 12 ta maktab va 4 ta bog‘chaga kirib chiqqanini, biroq bunday holat tasdiqlanmaganini ma'lum qildi. 

«Holatni o‘rganyapmiz. Biror ma'lumot aniqlansa, bu haqda jamoatchilikka ma'lum qilamiz. Hozircha bu axborotni tasdiqlay olmaymiz. Boisi ta'lim muassasalarida bo‘lib, vaziyatni o‘rganganimizda holat tasdig‘ini topmayapti», — deydi mas'ul.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img