Bolani davolashda ota-onalarning 3 xatosi

16.05.2024 15:43
eye icon149
Bolani davolashda ota-onalarning 3 xatosi
Ko‘pchilik oilalarda bolaning sog‘ligi yomonlashganda uni o‘z tajribalari asosida davolashga, o‘zlari qo‘ygan tashxisga asoslanib turli dori vositalarini berishga harakat qilishadi. Bu qachondir ish bersa, ba'zida xato bo‘lib chiqadi. Quyida sizlarga bolani davolashda ota-onalar yo‘l qo‘yadigan asosiy 3 xatoni keltiramiz.

1-xato. Haroratning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik

Ba'zida bolaning issig‘i biroz ko‘tarilishi bilan unga turli preparatlarni berish boshlanadi. Biroq mutaxassislar bolaning tana harorati 38,5 °C ga ko‘tarilmagunicha unga issiqni tushiradigan preparatlarni bermaslik kerakligini takror-takror aytishadi.

2-xato. Bola shamollaganida uni o‘rab qo‘yish

Albatta, shamollagan bolaga issiqlik zarur. Biroq uni uyning ichida o‘rab tashlashga hojat yo‘q. Buning ustiga, shifokorlar bolaning issig‘i bo‘lsa, qalin kiyim uning ahvolini yanada yomonlashtirishini ta'kidlashadi.

3-xato. Darhol antibiotiklar berish

Shamollash kasalliklarining kelib chiqishiga viruslar sababchi bo‘lishi va antibiotiklar virusga ta'sir qilmasligiga qaramasdan, ota-onalarning ko‘pchiligi shamollash kasalliklarini ana shu preparatlar bilan davolashni ma'qul ko‘radi. Unda onalar ham, buvilar ham to‘g‘ri ish qilayotganiga ishonchi komil bo‘ladi.

Holbuki, butun dunyo bo‘ylab shifokorlar antibiotiklar ochiq sotilayotganidan qattiq tashvishda. Gap shundaki, bakteriyalar shifokor nazoratisiz berilgan antibiotiklarga chidamlilik hosil qilish xususiyatiga ega.

Umuman olganda gap inson salomatligi, ayniqsa, endigina rivojlanayotgan bolalar sog‘ligi haqida ketganda o‘z ishining mutaxassislari bergan tavsiyalarga amal qilgan maqsadga muvofiqdir.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img