«Damas»ni 15 nafar bola bilan to‘ldirgan bog‘cha rahbari ogohlantirildi

13.05.2024 18:53
eye icon73
«Damas»ni 15 nafar bola bilan to‘ldirgan bog‘cha rahbari ogohlantirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tumanidagi “Zukko Bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi 1 ta "Damas" rusumli avtomobilda 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga olib borgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha yoritilgan xabar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. 

"Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni qay tarzda o‘tkazish bo‘yicha berilgan tavsiya xatiga qaramay joriy yilning 8- may kuni mazkur maskan rahbari, tadbirkor O‘g‘ilxon Muhiddinova tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvchi “Tol mozor”  qabristoniga ziyorat qilish uchun olib borilgani aniqlandi", – deyiladi viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabatida.

Qayd etilishicha, ushbu holat “Iftixor” MFY raisi, bir qator nuroniylar hamda 20 nafar tarbiyalanuvchilarning ota – onalari ishtirokida muhokama qilinib, ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolaning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi doirasida amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, munosabatda o‘z vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa rahbari jiddiy ogohlantirilgani bildiriladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img