Ota aliment o‘rniga uy sovg‘a qildi

11.05.2024 12:44
eye icon74
Ota aliment o‘rniga uy sovg‘a qildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2022 yil 17 fevraldagi ijro hujjatiga asosan, undiruvchi T.Sh.ning foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandining ta'minoti uchun qarzdor I.K.ning har oydagi jami daromadidan 50 foiz miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shaxar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.  

Ijro harakatlari davomida qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi yuzaga kelganligi sababli bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan, otaning O‘zbekiston  Respublikasidan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan 2022 yil 29 dekabrda cheklov o‘rnatilgan.

Qarzdor Taxiatosh tumanida joylashgan o‘zining nomidagi ikki xonali uyini sobiq turmush o‘rtog‘iga 2024 yil 19 aprel kuni hadya etdi. Shundan so‘ng, undiruvchi T.Sh. Byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib, yuqorida ko‘rsatilgan sud hujjati asosida undirilishi belgilangan aliment pulidan voz kechishini bildirib ariza berdi va ijro harakati tugatildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img