So‘rg‘ich bolaning uyqusini buzishi mumkin

10.05.2024 11:57
eye icon1138
So‘rg‘ich bolaning uyqusini buzishi mumkin
Uxlayotgan bolaning tez tez uygʻonishi, uyqu vaxtidagi yigʻi, uyquning toʻliq boʻlmasligi – bunday holatlarga asosiy sababi bolalar so'rg'ichidan noto'g'ri foydalanishdir.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, uxlayotgan vaqtda ham bolalar ogʻzida soʻrg'ich boʻlishi juda katta xato. Bolalar uxlashi bilan ularning ogʻzidan soʻrg'ichni olib qoʻyish kerak. Aks holda, bola ularga bogʻlanib qoladi.

Shuningdek, bolalardagi uyqu 2 xil boʻladi: yuzaki va chukur uyqu. Yuzaki uyquda bolalar uxlayotgan boʻlsa xam soʻrg'ichlarni soʻrishda davom etadi. Undan soʻng esa chuqur uyqu boshlanadi. Bu vaqtda bolalar kuchli uxlaydi va ogʻzidan so'rg'ich tushib ketadi. Taxminan 30 daqiqalardan keyin esa chuqur uyqu tugab yuzaki uyqu boshlanadi. Bu vaqtda bolada soʻrish jarayoni boshlanadi, ogʻzida so'r'gich boʻlmaganligi uchun bola uni qidiradi, uygʻonadi va yigʻlaydi. Shuning uchun bolalar uxlashi bilan ularning ogʻzidan soʻrg'ichlarni olib qoʻyish kerak.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img