Tarixiy surat sotildi: Mablag‘ga onkologik bemor bolalarga elektrokoagulyator sotib olinadi

09.05.2024 09:27
eye icon1194
Tarixiy surat sotildi: Mablag‘ga onkologik bemor bolalarga elektrokoagulyator sotib olinadi

Undan tushgan mablag‘ga onkologik bemor bolalar uchun yangi elektrokoagulyator sotib olinadi. 

Toshkentda tarixiy surat rekord narx  - 45 millon so‘mga sotildi. Bu haqda jurnalist Abror Zohidov ma'lum qildi. 

100 ming so‘mga baholab, kimoshdiga qo‘yilgan surat 45 mln so‘mga sotildi.

U tadbirkor Bekzod Mamatqulov tomonidan xarid qilindi. Tushgan mablag‘ "Sen kuchlisan" loyihasi doirasida bolalar onkologiyasi shifoxonasiga zarur uskuna xarid qilish uchun yo‘naltiriladi.

Noma'lum rassomning noma'lum kartinasi avaal ham bir necha marta auktsionlarda sotilgan va qayta hadya etilgan. Oxirgi marta 2023 yilda “Erudit” ijodiy markazi tomonidan 8 mln so‘mga xarid qilindi va surat ularga butunlay topshirilgan.  Ammo keyinchalik surat yana qayta hadya qilingan. Ma'lumotlarga ko‘ra,  surat 62 yillik tarixga ega. 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img