Farg‘onada bolalar o‘g‘irlanyaptimi?

08.05.2024 14:22
eye icon1150
Farg‘onada bolalar o‘g‘irlanyaptimi?

Farg‘onada bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi. Viloyat IIB aholini vahimaga tushmaslikka chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipov holat yuzasidan izoh berdi.

Tarqarlgan xabarlarga ko‘ra, Buvayda tumani Sho‘rqishloq mahallasida bog‘chadan qaytayotgan ikki bolani notanish shaxslar avtomobilga majburan o‘tqazib, o‘g‘irlashga uringan va qarindosh ayolning hushyorligi sabab muammoli holat bartaraf etilgani aytilgan.

Qayd etilishicha, xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

«Tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonib, vahimaga tushmasligingizni so‘raymiz. Agar bunday holatlar tasdiqlansa yoki aniqlansa viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, aybdorga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlanadi», deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img