Bugun xalqaro Onalar kuni!

08.05.2024 11:07
eye icon45
Bugun xalqaro Onalar kuni!
Dastlab may oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan onalar kuni 2022-yildan boshlab 8-may kuniga ko'chirilgan. Shundan beri ushbu kun xalqaro miqyosda onalar kuni sifatida nishonlanadi.

Bu kun onalarimizning mehnatlarini, mashaqqatlarini e'tirof etish, ularni bizning hayotimizdagi, jamiyatdagi qadr-qimmatini anglash maqsadida nishonlanadi. O'zbekistonda onalar kuni sifatida ko'proq 8-mart nishonlanadi. Xalqaro xotin-qizlar kuni deyilishiga qaramay, bu kunni ham onajonlar bayrami deydiganlar yetarlicha va har bir farzand 8-mart kuni onasini qutlashi shubhasiz. Biroq aksariyat xorijiy mamlakatlar onalar kuni sifatida aynan bugungi kunni e'tirof etadi.

Bu kunning nishonlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu kunni nishonlash ilk bor 1900-yillardan boshlanganini bilish mumkin. 1905-yili Anna Jarvis ismli ayol onasidan ayriladi va onalarni xotirlash, qadrlash va qutlash kuni bo'lishi kerakligini bildiradi. Shundan so'ng besh yil davomida bu kun AQSHning turli shtatlarida nishonlanadi. 1914-yilga kelib mamlakat prezidenti Vudro Vilson bu kunni milliy bayram sifatida e'lon qiladi.

Aslida onalarni e'zozlash, ardoqlash uchun qandaydir kunning hojati yo'q. Ularni har kun qadrlasak, mehrlarini e'tirof etsak ham oz. Biroq inson unutuvchi zot. Ba'zida ularni xafa qilib qo'yishimiz, yaxshi ko'rishimizni aytolmasligimiz mumkin. Bugungi kabi bayram kunlarida esa ana shu unutganlarimiz yodimizga tushib, onalarimizga yanada hurmat bajo keltirishimiz imkoni paydo bo'ladi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img