Ko‘prik buzilgani sabab bolalar maktabga bora olishmayapti

07.05.2024 11:20
eye icon187
Ko‘prik buzilgani sabab bolalar maktabga bora olishmayapti
Sobiq deputat, Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevga Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi fuqarolar murojaat yo'lladi.

Murojaatda aytilishicha, Ishtixon tuman yo'l qurilish xodimlari Kartepada qishlog'idagi ko'prikni kavlab tashlashgan. Biroq yangi ko'prik qurish uchun budjetda mablag' yo'qligini ro'kach qilib qurilishni yakunlashni kechiktirishmoqda.

"Yo'l qurilish mas'ullari budjetda pul yo'qligi, shahar yoki respublika tomonidan mablag' ajratilsagina beton yoki temir quvurlar qo'yib berilishini aytishdi. Bu katta suv oqimiga ega kanal. Shu sababli bu yerga quvur emas koʻprik qurilishi kerak. Qishloq aholisi va maktab bolalari qachongacha qiynalishadi? Boshlangʻich sinflar bu kanaldan oʻta olmaganligi tufayli maktabga borisha olmayabdi", – deydi murojaat yo'llagan fuqaro Umidjon Temirov.

Ko'prik qurish uchun mas'ul bo'lgan viloyat xodimlariga bog'langan aholi "tuman hokimi yoki yoʻl qurilishi xodimlari maʼlumot berilsa, keyin boramiz" degan javobni olishgan.

"Bor otangga, bor onangga" degan asos bilan ishlaydigan davlat tashkilotlari ikki qishloqni bog'lovchi bu ko'prikni buzishdan oldin uni qayta qurish uchun mablag' yetish yoki yetmasligini o'ylab ko'rishmaganmi, degan haqli savol tug'iladi?

Axir ushbu holat oqibatida bolalar ta'limdan chetda qolayotgani, maktabga borishga qiynalayotgani va transport qatnovining cheklanishiga ko'z yumib bo'lmaydi.

Qariyb bir yildan beri aholini qiynab kelayotgan ushbu masala tegishli tashkilotlar va mutasaddi xodimlar tomonidan ijobiy hal qilinadi degan umiddamiz.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img