«Dok-1 Maks»dan jabrlanganlarga tovon pulini tezroq undirib berish so‘ralmoqda

07.05.2024 00:06
eye icon13
«Dok-1 Maks»dan jabrlanganlarga tovon pulini tezroq undirib berish so‘ralmoqda
O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha dastlabki instansiya qaroridan norozi bo‘lganlar apellatsiya shikoyati yozgani, shuningdek, apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tarkibiga o‘zgartirish kiritilgani xabar berilgandi. Sudning 2024-yil 6-may kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘z olgan advokatlardan biri jabrlanuvchilarga va’da qilingan tovon puli tezroq undirib berilishi kerakligini aytdi.

Birinchi instansiya belgilab berganidek, kam sonli sudlanuvchilardan 7 million dollar miqdordagi tovon pulini tez fursatda undirish qiyin. Jabrlanuvchilarga, ayniqsa, bolasi nogiron bo‘lib qolgan ota-onalarga ayni paytda pul kerak. Farzandlarining sog‘lig‘ini tiklash uchun hozir davolatishi lozim. Shu sabab apellatsiya instansiyasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligigami yoki Vazirlar Mahkamasigami murojaat yo‘llab, Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd. korxonasini ishga jalb qilib, ulardan tovon pulini undirishi kerak, — deydi sirop ishi bo‘yicha 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Sardor Kariyevning advokatlaridan biri Temur Rahmatov. 

Advokat shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq mojarolar boshlangan paytda bolalarning doridan zaharlangani rost bo‘lsa, xarajatlar vazirlik tomonidan to‘lanishini va’da berganini eslab, “unda marhamat qilib, vazirlik yoki uning tarkibidagi agentlik tovon pullarini to‘lab berib, keyinchalik sudlanuvchilardan undirib olsin”, — dedi u.

Temur Rahmatovning bildirishicha, toki apellatsiya instansiyasi yakunlanmas ekan, jabrlanuvchilarga tovon pulini undirish bo‘yicha chiqarilgan qaror ijro qilinmaydi. 

Deylik, biror bir korxonaga tegishli avtotransportda YTH sodir bo‘lsa, tovon puli dastlab o‘sha korxonada undirilib, keyinchalik korxona rahbariyati ishchilaridan undirishi kerakligi belgilangan. Mazkur vaziyatda ham jabrlanuvchilar farzandlarini davolatishi kerakligini inobatga olib, ularga ayni kunlarda tovon pulini to‘lab berish imkoniyatini ishga solish kerak, — deydi advokat.

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqqan dastlabki instansiya qaroriga ko‘ra, siropdan zaharlanib vafot etgan 68 nafar bolaning qonuniy vakillariga 6 nafar sudlanuvchi hisobidan solidar tartibda 1 milliard so‘mdan tovon puli undirilishini belgilangan. Og‘ir tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan 16 nafar va yengil tan jarohati olgan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga esa 500 million va 200 million so‘m miqdorida tovon puli undiriladigan bo‘lgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropini ishlab chiqargan hindistonliklar yengil jazo bilan qutilib qolishi mumkinligi xabar berilgandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img