Farzandi avariya bo‘lgani uchun darsdan ketgan o‘qituvchi jazolanadigan bo‘ldi

06.05.2024 18:30
eye icon40
Farzandi avariya bo‘lgani uchun darsdan ketgan o‘qituvchi jazolanadigan bo‘ldi
Payariq tumanidagi 15-umumta'lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilariga dars o‘tilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi holatga izoh berdi

Unga ko‘ra, 4 may kuni 11-«A» sinf o‘quvchilari uchun 5-soat fizika fani o‘tilishi kerak bo‘lgan. Fizika fani o‘qituvchisi 5-soat dars jarayonlari boshlanishida uning farzandi yo‘lda avtohalokatga uchrab, kasalxonaga tushib qolgani haqidagi xabarni eshitib, maktab rahbarlarini ogohlantirmasdan chiqib ketgan va darsni ochiq holda qoldirgan. 

Xuddi shunday, 11-«B» sinf o‘quvchilariga 5-soat ingliz tili fani o‘tilmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib borilganida, 11-«B» sinfiga 5-soat darsi chet tili fani xonasida o‘tilganini o‘quvchilar tasdiqlagan va darsda 8 nafar o‘quvchi qatnashganini bildirgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan dars jarayonlarini nazorat qilmagani uchun sinf rahbarlari va mas'ullarga intizomiy jazo choralari qo‘llanadigan bo‘ldi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img