Yosh bolani urgan tarbiyachi ustidan tekshiruv boshlandi

05.05.2024 12:14
eye icon63
Yosh bolani urgan tarbiyachi ustidan tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi yosh bolani kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatni o‘z nazoratiga olgan Bolalar ombudsmani dastlabki ma'lumotlarni taqdim etdi.

IIO tomonidan aniqlanishicha, ushbu video tarbiyachi N.T. ning telefon apparatida video tasmaga olingan bo‘lib, ushbu holat 2024-yil 30-aprel kuni soat 11:00 da Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganligi aniqlangan. 

Maktabgacha ta’lim muassasasi 11-guruh tarbiyachisi N.T. guruhda tarbiyalanuvchilardan birining tug‘ilgan kunini nishonlash jarayonini video tasmaga olganligi, shunda N.T. tarbiyalanuvchi 2019-yilda tug‘ilgan M.D. (o‘g‘il bola) ni xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan holda, bolaning bosh qismiga bir necha marotaba qo‘li bilan urganligi aniqlangan. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img