O‘zidan 9 yosh kichik qizni urgan erkak 2,5 yilga qamaldi

05.05.2024 10:53
eye icon37
O‘zidan 9 yosh kichik qizni urgan erkak 2,5 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi notanish qizni urgan toshkentlik A.A.ga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma'lum qildi.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 1-fevral kuni Bo‘zbozor ko‘chasida 26 yoshli A.A. «jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga, umume'tirof etilgan axloqiy me'yorlarga qo‘pol tarzda beparvolik bilan» munosabatda bo‘lib, oldidan o‘tib ketayotgan 17 yoshli qizga nisbatan qo‘pol va odobsiz harakatlar sodir etgan. Uning orqasidan ushlab, qiz qarshilik ko‘rsatgach, yuziga urib, voqea joyidan qochib ketgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi qizning pastki lab sohasida jarohatlar aniqlagan va ularni yengil jarohatlar sifatida baholagan.

Ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi va turmushidan ajrashganidan so‘ng «yangi hayot qurishga intilganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni u jabrlanuvchi qizni ko‘rgan va «birinchi u bilan tanishib, keyin turmush qurish»ni xohlagan, shuning uchun unga ergashib, nimadirlar degan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img