Odamovi bola bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak?

04.05.2024 11:50
eye icon1235
Odamovi bola bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak?
Sizning farzandingiz boshqa bolalarga o‘xshamasligi va uni tushunishda qiyinchiliklarga uchrayotgan bo‘lsangiz, fanga murojaat qilish mumkin. Odamovi (introvert) bolalar qanday bo‘ladi va ular bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak?!

Introvert inson o‘zi kim?!
Introvert - bu introversiya deb nomlanuvchi shaxsiyat turiga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni ular tashqi tomondan sodir bo‘layotgan narsalarga emas, balki o‘zlarining ichki fikrlari va g‘oyalariga e’tibor berishni qulayroq his qilishadi. Ular katta guruhlar yoki olomon o‘rniga, bir yoki ikki kishi bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘ruvchilardir.

Odamovi bolalar bilan qanday munosabat qilish kerak?!
Introvert bolalar yolg‘iz qolish orqali energiya to‘playdilar. Ba’zi odamlar bir guruh do‘stlari bilan suhbatlashish yoki tashqariga, odamlar oldiga chiqish orqali quvvat oladi.

Introvertlarda bunday emas. Ular band, rag‘batlantiruvchi yoki stressli kunni o‘tkazganlarida, biroz yolg‘iz vaqt o‘tkazishga muhtoj bo‘ladilar. 

Uyda oila yoki do‘stlar bilan birga yig‘ilishda bo‘lgani kabi, bo‘sh vaqt emas, balki yolg‘iz vaqt. Introvert bolalarga kunlik harakatlar, o‘zaro munosabatlar, suhbatlar, ma’lumotlar va ularning his-tuyg‘ularini qayta ishlash hamda tartibga solish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Bolaning kunini tashkillashtirish
Agar farzandingiz introvert bo‘lsa, unda bir kunda, hech bo‘lmaganda, bir soat boshqalardan holi vaqti bo‘lsin. Bu vaqt siz ishlayotgan yoki kitob o‘qiyotgan, balki ovqat tayyorlayotgan vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin. 

Agar farzandingizda stressni yoki shunday vaziyatni kuzatsangiz, undan tezda siz bilan gaplashishini talab qilmang, bu unga yanada qiyinchilik tug‘diradi.

Ular bilan qanday qilib muloqotda bo‘lgan ma’qul?!
Introvert bolalar kichik suhbatni yoqtirmaydilar, ayniqsa, begonalar bilan. Bu ularning uyatchanligini anglatmaydi. Bunday bolalar ma’nosiz suhbatni o‘tkazib yuborishni ma’qul ko‘radilar xolos.

Ular bilan shunchaki ochiqcha suhbatlashib keta olmaysiz, agar bunga urinsangiz, uni bezovta qilganingiz qoladi. Introvert bilan qulay suhbatlashishdan oldin aloqani mustahkamlagan ma'qul. Siz uni tinglashingizga va jiddiy qabul qilishingizga, bundan tashqari, tushuna olishingizga ishonch hosil qilganlaridagina, siz bilan ochiqcha suhbat qurishadi. Bu yangi odamlar bilan tanishishda "saralash texnikasi" kuchli rivojlanganligidan darak.

Agarda ota-ona uning odamlarni saralash qobiliyatini "uyatchanlik" deb e’lon qilsa va u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmasa, aynan ularga nisbatan bolada ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin.

Katta zehn va katta talablar
Haqiqiy introvert bolalar odatda katta iste’dod va zehn sohiblari bo‘lishadi. Ularda ijodiy, tahlil qilish va o‘zlashtirish juda yaxshi rivojlanadi. Ammo shunga yarasha, sizga mos kelmaydigan talablar ham bo‘lishi aniq.

Siz introvert bolaning otasi yoki onasisiz. Sizga turli o‘yingohlar, shovqinga boy davralar yoqadi va shunday joylarda hordiq chiqarasiz. Ammo farzandingizdan ham buni talab qilishga haqqingiz yo‘q. Chunki uning o‘z shaxsiyati mavjud.

Kim bilandir tortishuvda siz baland ovoz bilan javob qaytarishingiz mumkin, ammo farzandingiz shunchaki jim ketishni tanlaydi. Bu holatda uni siz qo‘rqoqga chiqarsangiz shunchaki axmoqlik qilgan bo‘lasiz.

Dam olish va vaqt o‘tkazish uchun tog‘ri tanlov qilish
Fazandingiz bilan vaqt o‘tkazishda to‘g‘ri joyni tanlang. Shovqin va juda ham turli xil, qisqa qilib aytganda, omma bo‘ladigan joylardan uzoqroqda, sokin va o‘z yaqin insonlaringiz bilan vaqt o‘tkazganingiz yaxshi. Ular miyani ishlatishga, qobiliyatlardan foydalanishga undovchi o‘yinlarni yoqtirishadi. Ularga shunchaki to‘pni tavakkal qayergadir tepgandan ko‘ra, shaxmat donasini qaysi katakka qo‘ysa g‘alaba imkoniyati oshishini o‘ylash qiziqroq.

Tug‘ilgan kunlarni ham kichik va sokin, asosiysi farzandingiz bilan, uni tinglagan holatda o‘tkazadigan bo‘lsangiz, bu unga eng katta sovg‘a bo‘ladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img