Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi bolalar upasi tarkibida asbest borligi va u saratonni keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi da'volarni bartaraf etish uchun 6,5 milliard dollar tovon to‘laydi. Bu haqda "The Guardian" nashri
xabar berdi.
Sud jarayoni natijasida da'vogarlar allaqachon kompaniyadan bir nechta yirik to‘lovlarni olgan. Jumladan, kompaniya jamoaviy da'vo arizasi bilan chiqqan 22 nafar ayol foydasiga 2 milliard dollarga yaqin tovon puli to‘lagan. Ayollar Johnson’s Baby Powder tarkibidagi kanserogen asbest tuxumdon saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lganini aytgan. Kompaniya bu da'volarni “uydirma” deb atamoqda.
AQShning 42 ta shtatida Johnson & Johnson’ga qarshi tergov boshlangan. Butun dunyo bo‘ylab kompaniya ishlab chiqargan bolalar upasini sotish to‘xtatilgan.