O‘zbek o‘quvchilari AQSh universitetlariga grant yutdi

02.05.2024 18:48
eye icon98
O‘zbek o‘quvchilari AQSh universitetlariga grant yutdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynura Erejepbaeva AQShning «Ivy Ligasi»ga a'zo Dartmouth oliygohiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

384 480 AQSh dollari miqdorida ajratilgan grant o‘quv, yotoqxona, viza, yo‘l xarajatlari va stipendiyani o‘z ichiga oladi.

Ma'lumot uchun, «Ivy Liga»si AQShning eng nufuzli xususiy universitetlarini o‘z ichiga olgan.  Bugungi kunda unga Dartmouth oliygohidan tashqari, Garvard, Brown, Kolumbiya, Cornell, Princeton, Pensilvaniya, Yale universitetlari a'zo hisoblanadi. Mazkur oliygohlar jahonning TOP-5, TOP-20 reytingiga kirgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sarvar Sayfitdinov  AQShning Minerva universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga kirdi.

Endilikda xorijiy OTM o‘quvchimizga 232 000 AQSh dollari miqdorida ta'lim granti va  stipendiya ajratadi.

Ma'lumot o‘rnida, Sarvar Sayfitdinov IELTSdan 7.5  va SATdan 1450 ballik natijalarga ega.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img