Bu davrda bola ko‘radi va eshitadi. Shu qobiliyatlarga yarasha o‘yinchoq tanlaymiz.
1. Yoqimli klassik musiqa. Bu yoshda bolaning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri bo‘la oladi.
2. Shiqildoq o‘yinchoqlar. Ochiq bozorlada sotiladiganlari to‘g‘ri kelmaydi, ularda zaharli moddalar bo‘lishi mumkin. Bola esa uni og‘ziga soladi. O‘yinchoqlarni bolalar uchun maxsus do‘konlarda olish lozim.
3. Osma o‘yinchoq. Karavotning yoki beshikning bosh qismida rangi oq-qora bo‘lgan osma o‘yinchoq bolaning diqqatini oladi. Uch oyga qadar o‘yinchoq qora-oq rangda bo‘lib, uch oydan so‘ng rang-barang bo‘lgani ma'qul.
4. Sinmas ko‘zgu. Bola bu davrda hali ko‘zguda o‘zi ekanligini anglay olmasa-da, uch oyga etguniga qadar u ko‘zgudagi aksi bilan "muloqot" qilib, unga tabassum qilishini sezishingiz mumkin bo‘ladi.
5. Yorqin naqshga ega bo‘lgan yumshoq matodan yasalgan kitobchalar. Bola qornida yotgan holida ularni tomosha qilishga odatlanib qoladi.
6. O‘yinchoqlik-shiqildoqlik bilaguzuklar. Bola qo‘lini harakatlantirganida bilagidagi rangbarang o‘yinchoqlar tovush chiqarib uni xursand qiladi.