41-Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 5 ta medal oldi

02.05.2024 09:23
eye icon83
41-Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 5 ta medal oldi
Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra yurtimiz o‘quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 

Olimpiada g‘oliblari bilan tanishing:

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

Boboqulov Asadbek Sayfiddin o‘g‘li – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

G‘affarov Rasulbek Hamza o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal 

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img