Bolalarda raxitning xavfli omillari

29.04.2024 15:08
eye icon395
Bolalarda raxitning xavfli omillari

Raxit – kichik yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallik boʻlib, organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Kichkintoy hayotining dastlabki yillari tez oʻtadi. Suyaklarning toʻgʻri oʻsishi uchun D vitamini organizmda kaltsiy va fosforning ichakdan soʻrilishi, suyak va boshqa toʻqimalarga etib borishini boshqaradi. D vitamini etishmasligi sababli raxit kasalligi rivojlanadi. D vitamini oz miqdorda oziq-ovqat bilan kiradi, katta qismi quyosh nurlari taʻsirida terida sintezlanadi.

Alomatlari:

  • bola uyqusining buzilishi;
  • emayotganda koʻp terlashi;
  • tovush va yorugʻlik nuridan choʻchishi;
  • teri toshmalari;
  • boshining ensa qismida soch toʻkilishi;
  • injiqlik, bezovtalik.

Asoratlari:

Suyak yumshashiga, mushak va boʻgʻimlar boʻshashishi, immunitet sustlashishi, kamqonlik kuzatiladi. Bola boshi va gavdasini toʻgʻri tutishga qiynaladi, liqildogʻi sekin bitadi. Tishlar chiqishi kechikadi. Tez-tez shamollaydi.

Vaqtida davolanmasa, bola kattalashgan sari suyaklari qiyshiq oʻsish ehtimoli ortadi. Umurtqa pogʻonasining bukchayishi, koʻkrak qafasini pastga qarab enkayib qolishi, oyoqni «X» yoki «O» shaklida qiyshayishi, yassi oyoqlik paydo boʻladi. Ichki aʻzolarni notoʻgʻri rivojlanishi, aqliy zaiflik paydo boʻlishi mumkin.

Profilaktika:

Homiladorlik davrida

Kuniga kamida 2 soat toza havoda sayr qilish, shifokor koʻrsatmasi bilan kaltsiy preparatlarini qabul qilish mumkin. Qish mavsumida vitaminga boy mahsulotlarni tanovul qilish va qoʻshimcha D vitaminini ichish lozim.

Tugʻruqdan keyin

Bola olti oygacha iloji boricha faqat ona suti bilan parvarish qilinishi kerak. Emizish davrida ona vitaminli mahsulotlarni isteʻmol qilishi lozim. Qoʻshimcha ovqatlarga oʻtilganda, bola taomnomasida goʻsht, tuxum, baliq kabi mahsulotlar boʻlishiga ahamiyat berish zarur.

Iloji boricha kunduzi ochiq havoda sayr qilishni unutmaslik lozim. Tadqiqotlar xulosasiga koʻra, D vitamining etarli dozasini taʻminlash uchun kunduzi yuz, qoʻl ochiq boʻlgan holatda har kuni yoki kamida haftasiga uch marta quyosh nurini olish kerak. Bunda teri oq boʻlsa, besh daqiqa; bugʻdoyrang boʻlsa, yarim soat kifoya. Shuningdek, boʻgʻim va umurtqa pogʻonalarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun gimnastika va massaj tavsiya qilinadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img