"Ona uyi" ijtimoiy markazi ochiladi

29.04.2024 14:59
eye icon371
"Ona uyi" ijtimoiy markazi ochiladi

Qozogʻistondagi “Ona uyi” (“ANA ҮYІ”) xayriya loyihasining tashkil topganiga 10 yildan oshdi. Bugunga qadar mazkur loyiha tufayli mamlakatda etti ming nafardan ortiq bolaning tirik etim boʻlib qolishining oldi olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Qozogʻistonning “ANA ҮYІ” jamoat fondi oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumga koʻra, Toshkentda ham “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi.  

Birinchi “Ona uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi mumkin. Ikkinchi bosqichda “Ona uyi” natijalari asosida hamda Oʻzbekistonning maʻlum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat boʻylab kengaytirish belgilangan.  

Ona uyimarkazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini oʻzlari tarbiyalash imkonini berish orqali yordam beradi. Markazda ularga maʻnaviy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatiladi hamda ushbu yordam barcha zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, shuningdek, ayol va bola uchun tibbiy yordamni oʻz ichiga oladi.  

Shu bilan birga, “Ona uyi” loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi. Kelgusida “Ona uy”larida tikuvchilik ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar boʻyicha taʻlim berish rejalashtirilgan. 

Natijada, “Ona uyi” markazida boʻlgan vaqt davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega boʻlishi hamda oʻzlari va farzandlarini taʻminlash maqsadida kelajak uchun mablagʻ topishi mumkin.  

 

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img