Tug‘ilish kamayib, o‘lim ortgan (statistika)

29.04.2024 14:36
eye icon2398
Tug‘ilish kamayib, o‘lim ortgan (statistika)

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida 205 713 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga kam. O‘lim holatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga o‘sib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi. 

 O‘zbekistonda 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 205 713 nafarni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga kam. Bu xaqda Statistika agentligi choraklik hisobotda ma’lum qildi. 

Mamlakatda o‘lim holatlari ko‘paygan. 2024-yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga oshib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Aholining tabiiy o‘sishi ham 6 foizga kamayib, 165 ming 516 nafarni tashkil qildi.

Aholining o‘rtacha yoshi erkaklarda 28,5 yoshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014-yil 27,3 yosh, 2004-yil esa 24,8 yoshni tashkil etgan. Ayollarning o‘rtacha yoshi esa 30 yoshni tashkil qilgan. Ayollarning o‘rtacha yoshi 2014-yil 28,6 yosh, 2004-yil esa 26,1 yoshni tashkil qilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img