O‘quvchi qizga tovlamachilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

29.04.2024 09:12
eye icon1442
Oʻquvchi qizga tovlamachilik qilgan shaxs qoʻlga olindi
Nukus shahrida maktab oʻquvchilarining maʻlumotlarini tarqatmaslik uchun 300 dollar pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik departamenti xabar berdi.

Maʻlumotlarga koʻra, Nukus shahrida yashovchi ikki ayol IIOga murojaat qilib, nomaʻlum shaxs voyaga etmagan maktab oʻquvchilarining sir saqlanishi lozim boʻlgan maʻlumotlarini oshkor qilish bilan qoʻrqitib, ulardan pul talab qilayotganini aytgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A., voyaga etmagan jabrlanuvchilar S.A. va Y.Y. ismli qizlarga oʻzini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim boʻlgan shaxsiy fotosurat va videolarini qoʻlga kiritgan. Shundan keyin ularni tarqatish bilan qoʻrqitib, evaziga 300 dollar miqdorida pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.A.ning sodir etilib, fosh qilinmagan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img