Maktablarning 1-sinfiga qabul 20 iyundan boshlanadi

02.06.2022 21:25
eye icon1594
Maktablarning 1-sinfiga qabul 20 iyundan boshlanadi

Xalq ta'limi vazirligi respublikamizdagi maktablarning 1-sinfiga qabul joriy yilning 20 iyundan boshlanishi haqida xabar bermoqda. Unga ko'ra, mikrohududlar bo'yicha qabul jarayonlari 31 iyulga qadar davom etadi.

Shuningdek, umumta'lim maktablarining sharoitidan kelib chiqib, bo'sh o'rinlarga mikrohududdan tashqari qo'shimcha qabul jarayonlari 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda, qolgan hududlar an'anaviy shaklda (bevosita maktabda) amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun: 2022-2023 o'quv yilida 2015 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug'ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img