Qoʻqon shahrida avtomobil boshqaruvidagi 11-sinf oʻquvchisi odam urib yubordi. Holat yuzasidan Fargʻona ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati maʻlumot berdi.
Hodisa 25-aprel kuni U.Nosir koʻchasida yuz bergan. Q.A. (2006-yilda tugʻilgan) piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan B.Mni (2000-yilda tugʻilgan) oʻzining Matiz rusumli avtomashinasida urib yuborgan. Haydovchi piyodaga birinchi yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib borgan.
Hozirda jabrlanuvchining olgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimi jabrlanuvchini kasalxonadan chiqarib yuborishga uringani yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Yakuniga koʻra, huquqiy baho beriladi.