Bolaning chapaqayligini necha yoshdan aniqlash mumkin?

27.04.2024 11:56
eye icon338
Bolaning chapaqayligini necha yoshdan aniqlash mumkin?

Farzandingiz oʻyinchoqlari va boshqa buyumlarni faqat chap qoʻli bilan olayotganligini payqadingizmi? Buning uchun tashvishlanishga hojat yoʻq. Muhimi uning haqiqatan ham chapaqay ekanligini aniqlab olishdir.

Chapaqaylik bu yomon holat emas va buning uchun bolani toʻgʻrilash kerak emas. Bu bola miyasining oʻng yarimshari chapiga qaraganda ustunlik qilayotganligini anglatadi.

Bolaning koʻproq qaysi qoʻlidan foydalanishini birinchi yillarda aniqlashning imkoni yoʻq, chunki bu paytda bola miyasining har ikkala yarimshari notekis rivojlangan boʻladi.

Ushbu alomatni bola uch yoshga toʻlganda aniqlash mumkin boʻladi. Oʻng qoʻldan foydalanadigan yoki chapaqay bolalar nafaqat turli qoʻli bilan yozishi, balki hissiyotlari bilan ham farqlanadi. Oʻng qoʻlini ishlatadigan bolalar hissiyotlarga koʻproq beriluvchan boʻladi. Bunday bolalarga kayfiyatning tez-tez oʻzgarib turishi, soʻzlashuv chogʻida artikulyatsiyadan faol foydalanish, yuqori tezlikdagi nutq xosdir.

Chapaqay bolani oʻzgartirishga urinish notoʻgʻri, chunki unga tabiatan berilgan qobiliyatni oʻzgartirish yaxshilikka olib kelmaydi. Ota-onalar bunga toʻgʻri munosabat bildirishi va bolaga yordam berishi lozim.

Chapaqay bolalarning ota-onalariga maslahatlar:

Bolaning hudud yoki joyda moʻljal olishiga ahamiyat qarating;

Kamroq vazifa yuklang;

Bunday bolalarga uch yoshdan keyin bolalar bogʻchasiga borish tavsiya etiladi.

Ota-ona yoki oʻqituvchi bolani oʻng qoʻlidan foydalanishga majburlasa, bola hamma qatori emasligidan uyala boshlaydi va bu kamchiligini koʻrsatmaslikka urinadi. Natijada bola eʻtiborsiz, asabiy va parishonxotir boʻlib qoladi.

Bolaning chapaqayligini qanday aniqlash mumkin?

Bola asosan qaysi qoʻlidan foydalanishini oʻyin koʻrinishida aniqlash mumkin. Boladan chapak chalishni, mushukchani silab qoʻyishni yoki butilkani aylantirishni iltimos qiling. Aksariyat hollarda etakchi qoʻl bosh rolni bajaradi.

Farzandingizni soatning chiqillashini eshitib koʻrishga undang. Uning qaysi qulogʻini tutishiga qarab, unda miyaning qaysi yarimshari faolroq ekanligini aniqlab olish mumkin. Oʻng qoʻlini ishlatuvchi bolalar uchun vazifalarni bajarish osonroq, chapaqaylar uchun qulayliklarni esa ularning ota-onasi yaratishi lozim. Bola uchun zarur buyumlarni chapaqaylar uchun moʻljallangan doʻkonlardan xarid qilish mumkin.

Olimlar hozirgi paytda chapaqay bolalarning koʻproq tugʻilayotganligini aniqladi.  Bu esa matematika va sport sohasida buyuk insonlarning etishib chiqishiga olib keladi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img