Toshkentda kasal bolalar ko‘paygani haqidagi xabar rad etildi

27.04.2024 11:42
eye icon142
Toshkentda kasal bolalar koʻpaygani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi shifoxonada betob bolalar soni ortgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Sogʻliqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi

Unga koʻra, ushbu videoda aytilgan tibbiyot muassasasi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi boʻlib, mazkur markaz 425 oʻringa moʻljallangan. Shifoxonaga bir sutkada oʻrtacha 300-350 nafar bemor murojaat qilib, ulardan 55-65 nafari stasionar yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yotqiziladi. Qolganlarga esa birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilib, yashash hududi boʻyicha oilaviy shifokor nazoratiga yuboriladi.

Bugungi kunda ushbu tibbiyot muassasasi qabulxonasiga faqatgina tana harorati koʻtarilishi yoki tomoq ogʻrigʻi bilan emas, balki allergik toshmalar, ich ketishi, koʻz va qorin ogʻrigʻi, chaqaloqlarning qulogʻi ogʻrishi, bezovtalik, appenditsit, disk churrasi kabi tashxislar bilan ham murojaat boʻlmoqda. 

Oilaviy poliklinikalar faoliyati ertalab soat 08:00 dan kechki 20:00 gacha davom etishini inobatga olsak, tungi payt bemor bolalarga tibbiy yordam olish uchun asosan bolalar shifoxonasiga murojaat qilinadi. Natijada kechki vaqtda bemorlar soni birmuncha ortadi.

Bundan tashqari, poytaxtda respublika davolash muassasalaridan tashqari, bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi 5 ta klinik va 5 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasi tunu kun faoliyat yuritmoqda. 

«Shunday ekan ijtimoiy tarmoqlarda bolalar shifoxonasiga isitma va tomoq ogʻrigʻi boʻyicha murojaatlar soni ortgani haqidagi xabarlar asossiz ekani maʻlum qilinadi», — deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img