O‘lgan odamni ota sifatida belgilash mumkinmi?

26.04.2024 11:35
eye icon185
Oʻlgan odamni ota sifatida belgilash mumkinmi?
Oʻlgan odamni ota sifatida belgilash mumkinmi?

Nikohda tugʻilgan bolaning ota-onasiga oid maʻlumotlar nikoh guvohnomasi asosida yoziladi. Nikohda tugʻilmagan bolaning ota-onasiga oid maʻlumotlar-chi? Otalikni belgilashda farzand roziligi olinadimi? Hudud24.uz mazkur maqolada otalikni belgilashning ayrim huquqiy asoslari haqida maʻlumot beradi.

1. Nikohdan ajrashgandan keyin tugʻilgan farzandga ham sobiq er ota sifatida belgilanishi mumkin.

Bola tugʻilgan vaqtida oʻzaro nikohda boʻlgan ota va onadan birining arizasiga koʻra tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi. Ota va ona alohida ariza berishi shart emas, nikoh guvohnomasining oʻzi etarli hisoblanadi.

Erning oʻlimi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan soʻng 300 kunda tugʻilgan bola ham nikohda tugʻilgan bola hisoblanadi. Yaʻni tugʻilgan bolaga garchi nikohdan ajralgandan keyin tugʻilgan boʻlsa ham, oʻsha nikoh guvohnomasidagi otaning ismi OTA sifatida yoziladi.

Nikoh tugaganidan keyin 300 kunda bola tugʻilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan boʻlsa (boshqa erga teggan boʻlsa), bola yangi nikohda tugʻilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashishi mumkin.

2. Oʻzaro nikohda boʻlmaganda tugʻilgan bolaning otaligi qanday belgilanadi?

Oʻzaro nikohda boʻlmagan holda tugʻilgan bolaning otasini belgilash –oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning FHDYoga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Mazkur holatda otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bolaning tugʻilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tugʻilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Shuningdek, bola tugʻilganidan keyin birgalikda ariza berish imkoni boʻlmay qolishi mumkin degan asos boʻlsa, ona homiladorligi vaqtida ham ariza berilishi mumkin.

3. Qanday hollarda otalik sud tartibida belgilanadi?

Oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilganda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi boʻlmasa otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining, bolaning vasiysi (homiysi)ning yoki bola kimning qaramogʻida boʻlsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga etganidan keyin uning oʻzi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tugʻilishigacha javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy roʻzgʻor yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari, taʻminlab turganliklarini yoki shaxsning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni eʻtiborga oladi.

4. Vafot etgan shaxsni ham ota sifatida belgilash mumkinmi?

Ha, mumkin. Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan, lekin oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etganda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.

Bunda sud quyidagi ishonchli tasdiqlovchi maʻlumotlarga eʻtibor qaratadi:

bolaning onasi va javobgarning bola tugʻilishiga qadar birgalikda yashaganliklari va umumiy roʻzgʻor yuritganliklari (homila paydo boʻlgan vaqtda va bola tugʻilgunga qadar bitta turar joyda yashash, umumiy byudjet yuritish, birgalikda ovqatlanish, oʻzaro gʻamxoʻrlik, umumiy foydalanish uchun mol-mulk sotib olish va h.k.lar);

bolaning onasi va javobgar bolani birgalikda tarbiya qilganliklari yoki taʻminlab turganliklari – bu ona va javobgar bilan birga yashaganligida yoki javobgarning bola bilan munosabatga kirishib, unga nisbatan otalarcha gʻamxoʻrlik va eʻtibor koʻrsatganligida namoyon boʻladi;

javobgar otalikni tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi boshqa dalillar mavjudligi – bunday dalillar sifatida sud ishonchli deb topgan har qanday faktik maʻlumotlar (xatlar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar, arizalar, audio-, videoyozuvlar, ekspertlar xulosasi), u bolaning otasi ekanligini tan olganligini tasdiqlovchi boshqa harakatlar, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlari boʻlishi mumkin. Bunday iqrorlik onaning homiladorligi davrida ham (masalan, bolalik boʻlishni xohlash, boʻlajak bolaning onasi haqida gʻamxoʻrlik), bola tugʻilganidan soʻng ham ifoda etilishi mumkin.

5. Otalikni belgilash uchun daʻvo muddati bormi?

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img