Alimentdan qochgan otalar

26.04.2024 10:11
eye icon90
Alimentdan qochgan otalar
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida aliment toʻlamay yurgan erkak boshqa xotinining uyidan, yotoqxonadan mast holda topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tumanlararo sudining 2011-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor erkak undiruvchi sobiq ayoli foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandi uchun aliment undirishi belgilangan. Ammo er aliment pullarini oʻz vaqtida toʻlashi toʻgʻrisida ogohlantirilgan boʻlsa-da, toʻlamasdan kelgan.
Shundan soʻng davlat ijrochisi qarzdorning yashash uyiga bir necha marotaba borgan. Uni topish imkoni boʻlmagani sababli unga nisbatan qidiruv eʻlon qilingan. Boshqarma qidiruv shoʻbasi xodimlari 18-aprel kuni qarzdorning ijro hujjatida koʻrsatilgan manziliga borgan.
Qarzdorning yashash xonadonidagi barcha joylar koʻzdan kechirildi, tadbir jarayonida nikohidagi ayolining uyida ekani aniqlanib, xonadonga kirilganda, uning yotoqxonada mast holatda ekani maʻlum boʻlgan.
Shu kunning oʻzida qarzdor mavjud 33 million 405 ming soʻm aliment qarzdorligini toʻlamagani sababli Jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka maʻmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Alimentdan qochgan otalar haqida

Namangan viloyati Chortoq tumanida aliment toʻlashdan qochib yurgan erkak uy ertoʻlasidan topilgandi. Qarzdor ota tomonidan qarzdorlik 20 million soʻmdan ortgan. Ishlash maqsadida Toshkent shahriga ketgach, unga nisbatan qidiruv eʻlon qilingan. Xodimlar tomonidan Toshkentdagi xonadon yashash joylari puxta koʻzdan kechirilganda, ertoʻlaga yashirinib olgani aniqlangan. Unga nisbatan 15 sutkalik maʻmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida aliment toʻlamay qochib yurgan erkak Toshkentdagi molxonadan topilgan. Voyaga etmagan farzandlari uchun toʻlanmagan aliment miqdori 3 million 200 ming soʻm ekani aytilgan.
Shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanida aliment toʻlashdan qochib yurgan erkak Ohangarondan topilgan.Oʻtkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million soʻmga etgani, uni bartaraf etish lozimligi tushuntirilgan. Qayd etilishicha, u yana masʻuliyatni his etmagan va unga nisbatan jinoyat ishi yuritilgan.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida esa aliment toʻlashdan qochib, uyining ertoʻlasida yashirinib yurgan erkak ushlanib, 15 sutkaga qamalgan.
Eng antiqa holatlardan biri, Namangan viloyatida aliment toʻlamay yurgan erkak boshqa xotinining uyida yashiringani aniqlangan. Unda qarzdorlik toʻplanib, 24,3 million soʻmga borib etgan edi.
Shu kabi, Qashqadaryoda MIB xodimi 2 yildan beri qidiruvda boʻlgan qarzdor erkakni berkinayotgan joyida topib olgan. Tadbir jarayonida xodimlardan biri uyning boloxonasi va tomini tekshirayotgan paytda, ikkinchi xodim yiqitilgan koʻrpalar tagidan fuqaroni olib chiqdi.
Shu kunning oʻzida qarzdor mavjud 28 million 971 ming soʻm aliment qarzdorligini toʻlamagani sababli Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudi tomonidan B.Buxarovga nisbatan 15 sutka maʻmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida aliment toʻlamay, 2 yildan buyon qidiruvda boʻlgan erkak uy ertoʻlasidan topilgan.
Toshkentda uchta xotiniga aliment toʻlamagan erkakning qarzini 4-xotini toʻlagani haqidagi holat ham kuzatilgan. Shundan soʻng sud tomonidan qarzdorga nisbatan toʻplangan hujjatlar qayta koʻrilib, etkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli 15 sutkalik qamoq jazosini toʻliq oʻtamasdan ozod qilingan

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img