O‘g‘liga pichoq tiragan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi

24.04.2024 02:20
eye icon64
Oʻgʻliga pichoq tiragan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zoʻravonlik qilinayotgani boʻyicha murojaat qildi.

Maʻlum qilinishicha, Murojaatchi qizi K.S. 2022 yildan buyon Koreyada ishlayotgani, uning 8 yoshli oʻgʻli esa erining qaramogʻida qolganini yozgan. Murojaatga ilova qilingan videoyozuvda er-xotin videoqoʻngʻiroq orqali janjallashganida, ota oʻgʻlining boʻgʻziga pichoq tiragani aks etgan.

Murojaat darhol Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, holat uning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda joyiga chiqib oʻrganilgan. Aniqlanishicha, hozirda fuqaro K.S.ning voyaga etmagan oʻgʻli buvisi bilan yashamoqda. Bola bilan suhbat oʻtkazilganda, ota-onasi oʻrtasidagi salbiy munosabatdan norozi ekanligini, otasi bilan yashashni xohlamasligi hamda buvisi bilan qolishni istashini bildirgan. Shundan soʻng fuqaro K.S.ning voyaga etmagan oʻgʻliga buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

Voyaga etmagan farzandiga qilgan harakati uchun otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img