Bola necha yoshdan sport bilan shug‘ullanishi kerak?

23.04.2024 03:21
eye icon118
Bola necha yoshdan sport bilan shugʻullanishi kerak?

Farzandlar sogʻlom oʻsishi uchun ularning toʻgʻri ovqatlanishi bilan birga, jismoniy faolligi muhim ahamiyatga ega. 

Shu bois ota-onalar oʻgʻil-qizlari uchun sport toʻgaragi tanlashda ularning yoshi, boʻyi, jismoniy imkoniyatlari, xohishi va ayniqsa, mavjud kasalliklarini inobatga olishi zarur.

«Xususan, 3 yoshgacha boʻlgan bolalar bilan faqat badantarbiya mashqlari bajariladi, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻlim boshligʻi Barno Odilova. — 4-5 yoshli oʻgʻil-qizlarni esa avval gimnastik mashgʻulotlarda “toblab”, tanasini chiniqtirish maqsadga muvofiq. Sababi bu yoshdan keyin suyakning qayishqoqligi kamayib, bola koʻpgina mashqlarni bajarishga qiynaladi».

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, insonning asab tizimi asosan 5-6 yoshdan mustahkamlana boshlashini inobatga olsak, sport bilan shugʻullanish uchun bu palla eng maqbul davr hisoblanadi. Chunki bola bu vaqtda murabbiy bergan vazifalarni bajara oladigan yoshga etadi.

Shuningdek, 6 yashar bolaning xohishiga koʻra istalgan sport toʻgaragiga berish mumkin. Ammo bu davrda ular uchun eng foydalilari — suzish, badiiy gimnastika va futbol.

Bolalarda koʻp uchraydigan skolioz kabi xavfli kasalliklarni 6-12 yoshgacha suzish, turnikda mashqlar bajarish va engil atletika yordamida davolash mumkin. Koʻrish qobiliyati past oʻgʻil-qizlar esa 9-11 yoshda stol tennisi va katta tennis bilan faol shugʻullanishi lozim.

Salomatlik uchun barcha sport turi foydali boʻlsa-da, ulardan ayrimlarini maʻlum davrlarda cheklash maqsadga muvofiq.

Masalan, tanasining rivojlanishi kechikayotgan 12-14 yosh oraligʻidagi oʻgʻil-qizlarga karate, taekvondo, dzyudo kabi ogʻriq beruvchi usullarga boy sport turlari tavsiya etilmaydi. Aks holda bolaning boʻyi oʻsmay qolishi mumkin.

Xuddi shunday 9-12 yoshda ogʻir atletika bilan shugʻullanish ham maʻqul emas. Chunki bu bolaga “ogʻirlik” qilib, buyragi atrofini yogʻ qoplashiga olib keladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img