Qizamiq bilan bog‘liq holatlar 33 foizga ortgan

23.04.2024 11:00
eye icon35
Qizamiq bilan bogʻliq holatlar 33 foizga ortgan
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi axborot xizmatining maʻlum qilishicha, bolalar va kattalarda qizamiq kasalligiga chalinish holatlari koʻp uchramoqda.

Qayd etilishicha, hozirda dunyo boʻylab qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat barqaror emas.

«Dunyoda 2022 yilga nisbatan kasallik 33 foizga ortgan. Kasallik koʻpayishining asosiy sababi sifatida koronavirus pandemiyasi davrida qizamiq kasalligiga qarshi 61 million aholi emlanmagani koʻrsatilgan.
Shu bilan birga respublikamizda emlash qamrovi 95 foizdan yuqori koʻrsatkichlarda boʻlishiga qaramay, qizamiq virusini chetdan kirib kelishi emlanish yoshiga etmaganlar orasida tarqalishi va ayrim sabablarga koʻra emlanmaganlar yoki bir marotaba emlangan katta yoshdagi aholi orasida ham roʻyxatga olingan», — deyiladi qoʻmita axborotida.

Maʻlumot uchun: qizamiq – yuqori yuqumlilik darajasiga ega, ogʻir kechuvchi oʻtkir infektsion virusli kasallik boʻlib, butun er yuzida bolalarni oʻlimiga sabab boʻladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img