Britaniyada pedofillarga qarshi yangi qonun ko‘rib chiqilmoqda

20.04.2024 12:52
eye icon46
Britaniyada pedofillarga qarshi yangi qonun koʻrib chiqilmoqda

Buyuk Britaniya amalga kiritilayotgan yangi qonunga koʻra, ogʻir jinsiy jinoyatlarda ayblangan pedofillar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 

Yangi qonunga ushbu normaning kiritilishiga pedofil erkakning sobiq xotini bergan ariza sabab boʻlgan. Unga koʻra ona sobiq erining qizi bilan uchrashmasligini soʻrab sudga murojaat qilgan va sud xarajatlari uchun 30 ming funt sterling sarflagan.

 

Leyboristlar partiyasi deputati Garriet Xarman ushbu holatdan xabar topgach, qonunchilikka oʻzgartirish kiritish taklifini bildirgan. Deputat ushbu qoida bilan oʻta ogʻir jinsiy jinoyat sodir etgan, yaʻni 13 yoshgacha boʻlgan bolalarga zoʻrlik ishlatgan pedofillar ota-onalik huquqidan ham mahrum etiladi.

 

Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur huquqdan mahrum boʻlgan pedofil keyinchalik oilaviy sudlarga murojaat qilib, ota-onalik huquqining tiklanishi farzandi uchun manfaatli ekaniga sudni ishontira olsa, ushbu huquq unga qaytarilishi mumkin. Biroq, voyaga etmagan bolaga zoʻrlik ishlatgan shaxsning farzandi uchun qandaydir manfaat bera olishi dargumon.

 

“Qonun boshqa odamlarning bolalarini jinsiy jinoyatchidan himoya qilib, oʻz farzandini himoya qila olmasligi normal holat emas”, – deydi deputat.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻizistonda pedofillarni umrbod qamash taklifi bildirilgani xabar qilingandi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img