Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024 yil 26 martdagi 95-son buyrugʻi bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʻlim darajasi yuqori boʻlmagan 545 ta maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʻmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʻlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.
Maktablar roʻyxati bilan tanishish uchun havola (https://t.me/uztdi/8286)