Jizzaxlik qoidabuzar haydovchi 2 o‘quvchining hayotiga zomin bo‘ldi

19.04.2024 03:27
eye icon85
Jizzaxlik qoidabuzar haydovchi 2 oʻquvchining hayotiga zomin boʻldi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida aholi punktida qoidalarni buzib tez harakatlangan haydovchi ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sabab boʻldi.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 15-aprel kuni tush paytida Gʻallaorol tumani hududida sodir boʻlgan.

Baxmal tumanida yashovchi 26 yoshli haydovchi oʻziga tegishli «Lacetti» mashinasi bilan tumanning Oqtom mahallasi hududidan oʻtgan Oʻsmat-Baxmal avtomobil yoʻlida qoidalarga zid ravishda tezlikni oshirgan.

Shunda u mashina boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidan maktabga ketayotgan ikki nafar oʻquvchini urib yuborgan. Oqibatda 5 va 7-sinfda oʻqiydigan oʻquvchilar ogʻir tan jarohatlari olib vafot etgan.

«Lacetti» bolalarni urib yuborgach, yoʻldan ancha ichkarida boʻlgan qoramol bilan toʻqnashib, uni ham bosib oʻldirgan. Soʻng devorga urilib toʻxtagan.

Viloyat IIB YHXB tayyorlagan videoda haydovchi soatiga 70 km tezlikda yurish belgilangan aholi punkti ichida soatiga 100 km tezlikda harakatlanib kelganini aytgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img