Markaziy Osiyodan keyin Britaniyada ham bolalar o‘rtasida qizamiq ko‘paymoqda

19.04.2024 11:44
eye icon69
Markaziy Osiyodan keyin Britaniyada ham bolalar oʻrtasida qizamiq koʻpaymoqda

London shahri qizamiqqa chalingan bolalar soninining keskin oshishi natijasida mintaqaning eng qaynoq nuqtasiga aylanmoqda, deb yozdi Independent nashri. 

 

Maʻlumotlarga koʻra, qizamiq bilan bogʻliq holatlar soʻnggi 6 oyda sezilarli darajada oshgan. Aniqlangan 195 ta holatning 62 tasi esa 11 martdan keyin qayd etilgan.

 

Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) Angliyada soʻnggi 10 yillikdagi eng koʻp infektsiyalanish holati kuzatilayotganini maʻlum qilgan. Bunga sabab sifatida esa bolalar oʻrtasida emlash darajasi doimiy pasayib borayotgani keltirilgan.

 

Bu kabi yuqumli kasalliklar avj olmasligi uchun aholining 95 foizi emlangan boʻlishi kerak, ammo hozirda mamlakatdagi millionlab bolalar emlash jarayonidan oʻtmagan.

 

UKHSA immunizatsiya boʻlimi boshligʻi doktor Meri Ramzining taʻkidlashicha, agentlik oʻtgan yili emlash darajasi oshirilmasa poytaxtda qizamiqning tarqalishi avj olishi haqida ogohlantirgan edi. Oqitbatda 2023 yilning oktyabridan beri 1000 dan ortiq infektsiya aniqlangan.

 

Tashkilot yozgi taʻtil vaqtida turli sayohatlar uyushtiruvchi oilalar, xususan, iyun oylarida Haj qiladigan musulmonlarni vaktsina olishga chaqirdi. Aks holda, emlanmagan sayohatchilar nafaqat oʻziga yuqtirib olishi, balki tashuvchi vazifasini ham oʻtashi mumkinligi taʻkidlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img